11 Mart 2024 Yil 1092

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi vakili Begzodbek Muxtarov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, Prezidentimizning maʼnaviyat va madaniyat yo‘nalishidagi tashabbuslari yurtimiz ravnaqi yo‘lida ilm-fan va maʼnaviyat tizimlari borasida ilmiy izlanishlarni olib borish, bu sohani rivojlantirishda aniq takliflarni ishlab chiqish, uni yana-da rivojlantirishda yangi istiqbollarni ochishda alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech