6 Iyun 2023 Yil 637

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Ichki ishlar organlari - xalqchil tuzilma” mavzusida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy dars bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimi, professor Sharif Qobilov ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida bugungi kunda O‘zbekistonning yangilanishiga mutanosib ravishda yangi Konstitutsiya qabul qilingani va huquqni muhofaza qiluvchi organlar unga mos bo’lishi kerakligini ta’kidladi.

Tadbir davomida “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning turlari va ularni oldini olish” mavzusida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi, kapitan Shohrux Muxammatqulov tomonidan tayyorlangan ma’ruza o‘qildi hamda profilaktik videorolik namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida xizmatda o‘zini ko‘rsatgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qish huquqini beruvchi “Tavsiyanomalar” topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech