18 Aprel 2023 Yil 2223

Ichida geroin bo’lgan “zakladka”lar qoldirgan erkak qo‘lga olindi

Shu kunlarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va sotish holatlariga chek qo‘yishga qaratilgan “Dolzarb 15 kunlik” tezkor-profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona yo‘li 1-tor ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 25 yoshli Sardor K. qo’lga olingan. Tekshiruv chog‘ida uning yonidan 9 ta maxsus gipsli sharlarga o'ralgan ichida - o'tkir hidli, jigarrang modda topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Fuqaro eng yaqin Ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. Ekspertiza natijalariga ko’ra ushbu modda“geroin” ekanligi aniqlangan va umumiy og‘irligi 2,5 grammni tashkil qilgan. Suhbat davomida fuqaro ushbu ishni telegram messenjeri orqali topganini aytdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Tergov davom etmoqda.

Agar siz ushbu shaxsning biror narsani yashirib, oz‘ini shubhali tutganligiga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, 71-233-71-47, 71-233-49-46, 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech