7 Yanvar 2023 Yil 852

Toshkent shahar IIBB xodimlarining Chilonzor tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida

Inson manfaatlarini taʼminlash maqsadida, aholi bilan ishlash, odamlarga zarur yordam ko‘rsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov, barcha sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Chilonzor tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tuman hokimligi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari hamda manfaatdor idoralar masʼullari bilan hamkorlikda uyma-uy yurib aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida uylarning tomlarini, yerto‘la va yo‘laklarini taʼmirlash kabi masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, asosiy eʼtibor yolg‘iz keksalarga, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga qaratildi.

Shu bilan birga, tuman hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofi, yaʼni 27,5 km dan ortiq ko‘chalar tozalanib, jami 27 tonnaga yaqin chiqindilar olib ketildi. Bundan tashqari 140 dan ziyod daraxtlar butalanib, elektr tarmog‘idagi uzilishlar, gaz va suv quvurlari bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilmoqda, shuningdek aholi turar joylarining yerto‘lalari ko‘zdan kechirilib, dizinfeksiyalandi.

Tozalanayotgan va obod etilayotgan manzillarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday tashabbuskorlikdan mamnun ekanliklarini taʼkidlashmoqda. Albatta, hududlarda yaxshi sharoit va ozodalik uchun harakatda bo‘lgan yurtdoshlarimiz eng savobli ishlarga o‘z hissasini qo‘shmoqdalar.

Bu kabi tadbirlar shaharning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech