11 Fevral 2023 Yil 1300

IIBBda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 8 fevral kuni davlatimiz rahbari Toshkent shahar Sergeli tumaniga tashrifi chog‘ida Toshkent shahrida energetika va transport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarni obod qilish va aholi bandligini oshirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, bir qancha taklif va topshiriqlar berdi. Jumladan, energetika masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu boradagi qo‘shimcha manbalardan biri qayta tiklanuvchi energiya bo‘lib, Toshkent shahrida kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish mumkinligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBBda general-mayor Aziz Tashpulatov raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bosh boshqarma markaziy apparati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari va masʼul xodimlari, sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Prezident topshiriqlari quyi tizimlarga yetkazildi va uni amalga oshirishda lozim bo‘ladigan chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida energiya samaradorligini oshirish orqali energiya va tabiiy gazni tejash zarurligi tushuntirildi. Bu masalada shaxsan sektor rahbarlari masʼul ekanligi bildirildi.

Toshkent shahri aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, energetika taʼminotini mustahkamlash yuzasidan ko‘rsatma va takliflar berildi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida tegishli rahbar va xodimlarga topshiriqlar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech