8 May 2023 Yil 1266

Toshkent shahar IIBB xodimlari ichki ishlar organlari faxriylaridan xabar olishdi

Keksalarni yo‘qlash milliy urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan sanaladi. Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari ham 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida sohada ko‘p yillar xizmat qilgan, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olishdi. Xususan, tumanda istiqomat qilayotgan mehnat faxriylari Mariya Markelova va Odil Mullajonov hamda marxum Nail Valiulin xonadonlarida bo‘lib, ularni ayyom billan qutlashdi.
Shu diydorlashuv bahonayu sabab bo‘lib ustoz faxriylar yosh xodimlarga qimmatli maslahatlar, tavsiyalar berishdi, xizmat vaqtlari haqidagi unutilmas xotiralaridan hikoya qilishdi.
Tashkillashtirilgan xayrli tadbir davomida faxriylar bayram bilan qutlanib, ularga moddiy ko‘mak berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech