Toshkent shahar IIBB xodimlari barmoq izlari orqali o‘g‘rilikda gumonlanuvchining shaxsini aniqladi
Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB dan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 14-aprel kuni taxminan soat 9.30 larda noma’lum shaxs, Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan uylarning birini oldida qarovsiz qoldirib ketilgan 26 yoshli Ismoil M. Ga tegishli bo‘lgan Labo rusumli avtomobil ichida bo‘lgan 25 mln so‘m naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.
Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yetib bordi. Ushbu o‘g‘irlik holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB EKM ekspert-kriminalisti kapitan X. Raximov tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish mobaynida qo‘l barmoq izlari olinib, ma’lumotlar bazasi orqali tekshirildi hamda gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra ushbu qo‘l barmoq izlari, 28 yoshli Toxir K. ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlandi.
Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 4-IIB tezkor xizmat xodimlari tomonidan gumondor ushlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.