17 Iyun 2023 Yil 495

Toshkent shahar IIBB va uning joylardagi tarkibiy tuzilmalari xodimlari tomonidan bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Profilaktika kuni doirasida poytaxtimiz IIBB xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik bilan birgalikda muntazam ravishda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan, aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida uchrashuvlar, profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha o‘tkazilgan tadbirlar davomida jamoat joylari, mahallalarda boshqa maskanlarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” usulda o‘rganishlar olib borildi.

Xonadonlarda yashovchi 905 nafar profilaktik hisobda turuvchi shaxslar yashash joyida tekshirilib, profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Toshkent shahri bo‘yicha mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, xodimlar tomonidan mahallalarda aholi o‘rtasida jinoyatlarning oldini olish, oilaviy janjallar, firibgarlik holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech