4 Fevral 2023 Yil 2125

Toshkent shahar IIBB tergovchilari 2022 yil faoliyatini sarhisob qilishdi

Toshkent shahar IIBB tergov bo‘linmalarining 2022 yildagi faoliyati yakunlari va 2023 yilga mo‘ljallangan ish rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya. Abdulxakov, IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik A. Abdurazakov, Tergov boshqarmasi hamda barcha tuman IIO FMB Tergov bo‘limi rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda taʼkidlanganidek, hisobot davrida dastlabki tergovni to‘liq va xolisona olib borishga, adolatni o‘rnatish va jinoyat uchun jazo muqarrarligini taʼminlash, jinoyatning sabab va sharoitlarini aniqlashga qaratilgan vazifalar IIO tergovchilari tomonidan qoniqarli bajarilgan.

Tadbirda o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, jinoyat ishlari doirasida tergovni malakali olib borgan hamda yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlar tantanali ravishda diplom, qo‘l soati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Yig‘ilish davomida ko‘p yillar davomida tergov sohasida namunali  xizmat olib borgan xodimlar podpolkovnik U.Turaqulov hamda podpolkovnik B.Davletmuradovlarni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Rahbariyat hamda ushbu xodimlar bilan yelkama-yelka xizmat qilgan osoyishtalik posbonlari hamkasblarining shaʼniga iliq fikrlarini bildirishdi va kelgusi ishlarida omad tilashdi. Shundan so‘ng ularga ehtirom razmi sifatida to‘n va do‘ppi kiydirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek tergovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham muhokama qilindi. Ayrimlariga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rilib, tergov faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech