28 Aprel 2023 Yil 1147

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Shayxontohur tumanida bo‘ldi

Shayxontohur tumanidagi Sarxumdon mahallasida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda 50dan ortiq fuqarolar tomonidan ish bilan ta'minlash, imtiyozli kredit olish, subsidiya asosida uy olish, harbiy xizmatga borish uchun shartnoma pulini to‘lab berish kabi masalalar ko‘tarildi. E'tiborlisi, murojaatlarning 26 tasi shu joyning o‘zida yechimini topdi. 19 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi.

Sayyor qabul davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan aholining turmush darajasini yuksaltirish, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish yuzasidan qabullar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech