20 Aprel 2023 Yil 1179

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Mirobod tumanida bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizning so‘lim maskanlaridan biri Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan sayyor qabulda 65 nafar fuqaroning murojaati o‘rganildi. Shundan 13 nafar murojaatchining muammo va savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, 28 nafarining masalasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 24 ta murojaatni ko‘rib chiqish uchun tegishli masʼullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, hal etishlik uchun muddat belgilandi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar” daftarlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslarning muammolariga alohida eʼtibor qaratildi. Moddiy yordam, muddatli harbiy xizmat uchun to‘lov puli, pasport olish, ish o‘rinlari, salomatlikni mustahkamlash kabi ko‘plab masalalar yuzasidan fuqarolarga yordam berildi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi maishiy texnika, tikuv mashinalari va zarur jihozlar sovg‘a qilindi.

Fuqarolarning og‘irini yengil qiladigan, ularga manzilli va aniq yordam berib, uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarining yechimini topishida samara berayotgan Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining sayyor qabullari poytaxtimiz tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech