28 Iyul 2023 Yil 443

E’LON

Toshkent shahar IIBB MMI va KBTX tomonidan “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targʻibotchisi” tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida xizmat qilayotgan barcha rahbar xodimlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning hududiy saralash bosqichi avgust oyida Toshkent shahar IIBBning 2023-yil 07-iyuldagi 87-son Farmoyishi bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

G’olib va sovrindorlar diplom hamda belgilangan miqdorda pul mukofoti, Xususan

▫️ 1-o‘rin uchun — I darajali diplom va oylik pul ta’minotining ikki baravari miqdorida pul mukofoti;
▫️ 2-o‘rin uchun — II darajali diplom va oylik pul ta’minotining bir baravari miqdorida pul mukofoti;
▫️ 3-o‘rin uchun — III darajali diplom va oylik pul ta’minotining yarim baravari miqdorida pul mukofoti;

Shuningdek, g‘olibga Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.

Tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Barcha yangiliklar

Text to speech