Toshkent shahar IIBB EKB xodimlari tomonidan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda
Yaqinda Toshkent shahar IIBB EKB mutaxassislari tomonidan shahar prokuraturasi xodimlari uchun ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ekspert kriminalistika markazi xodimlari markaz va uning hududiy bo‘linmalari faoliyati, sud ekspertizasi xizmatining zamonaviy imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi, tezkor tergov guruhlari tarkibidagi ekspertlar faoliyatiga bag‘ishlangan dars o‘tkazildi. Prokurorlar eʼtiboriga sud-tibbiyot ekspertlari tomonidan jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida qoʻllaniladigan turli turdagi asbob-uskunalar, moslamalar, jihozlar, materiallar va moddalar taqdim etildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga voqea joyini oʻrganish hamda birlamchi tadqiqot turlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan eng yangi jihozlar bilan jihozlangan koʻchma sud-tibbiyot laboratoriyasi taqdim etildi.
Bunday o‘quv seminarlari sud ekspertizasi usullari va yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi.