27 Iyun 2023 Yil 454

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizni Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi va shaxsan o‘zim nomimdan kasb bayramingiz bilan tabriklayman!

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Ijod ahli, ayniqsa, jurnalistlar ro‘y berayotgan voqelikka teran ko‘z bilan boqib, uni o‘z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insonlardir. Ichki ishlar organlari hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aynan mana shu kasb egalaridagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida ko‘rib kelmoqdamiz. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari orasida an'anaviy axborot vositalari bo‘lmish gazeta-jurnallar, tele va radiokanallar, internet jurnalistikasi milliy axborot maydonida tobora mustahkam o‘rin egallab, zamon talablari asosida yangilanib borayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Fursatdan foydalanib, ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishga va imidjini oshirishga qaratilgan tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlaganingiz hamda faoliyatimizni yoritishdagi hamkorligingiz uchun sizga minnatdorchilik bildirib, yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga baxt-saodat, ijodingizga muvaffaqiyatlar tilayman!

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i
general-mayor Aziz Tashpulatov

Barcha yangiliklar

Text to speech