Toshkent shahar IIBB va uning joylardagi tarkibiy tuzilmalari xodimlari tomonidan bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida poytaxtimiz IIBB xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik bilan birgalikda muntazam ravishda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan, aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida uchrashuvlar, profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, tadbirni belgilangan tartibda o‘tkazish maqsadida barcha tuman Muvofiqlashtirish boshqarmalari, hokimliklar, prokuratura, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar va jamoatchilik vakillari ishtirokida yo‘riqnomalar o‘tkazilib, 8 ta yo‘nalish bo‘yicha profilaktik-ogohlantiruv tadbirlarni amalga oshiruvchi guruhlar tashkil etildi. Xususan, Ishchi guruhlar tomonidan huquqbuzarliklar qayd etilgan hududlarda aholi muammolarini bevosita joylarda hal etish maqsadida profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kunida yosh avlodga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tuman IIO FMB HPB voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor-psixologlar va xamkor tashkilotlar tomonidan maktablarda, bozor va savdo shaxobchalari hamda kompyuter o‘yingohlarida jami 144 marotaba “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlar davomida o‘quvchilarning darsga o‘z vaqtida kelishi hamda o‘tki tig‘li buyumlarni olib yurishi tekshirildi. Umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida so‘z yuritildi.
Toshkent shahrining tumanlarida, jami 31 ta mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida sodir etilgan 31 ta jinoyatlar muhokamasi o‘tkazildi. Shuningdek, 12 ta mahallalarida ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan sayyor sud muhokamalari bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolarning mol-mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish hamda mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida Toshkent shahridagi 30 ta mahallalarda ko‘p qavatli uylar va yakka tartibdagi xonadonlarni texnik qo‘riqlov pultiga ulash hamda ijtimoiy soha obyektlariga videokuzatuv moslamalarini o‘rnatishni afzalliklari to‘g‘risida texnik vositalarni namoyish etgan holda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirlarning o‘tkazilishi poytaxtda kriminogen vaziyatni yaxshilash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.