27 Iyun 2023 Yil 1078

Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari!

Qurbon hayiti nishonlashi munosabati bilan poytaxtimizdagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida 28 iyun soat 00:00 dan 7.30 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani :

— "To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li - Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani :

— “Xo‘ton”" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi - Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

— “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi - KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon - Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.

— "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontoxur tumani:

— “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza –
Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

— "Xo‘ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

— “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

— “Ubay ibn Ka'b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.

— "Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.

— “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

— “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

— “Abdullox ibn Ma'sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa'ni ko‘chalari chorrahasigacha.

— "Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Maxorat ko‘chalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

— “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.

— “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

— “Usmon bin Ma'zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

— “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

— "Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon - Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

— “Qo‘liq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech