17 May 2023 Yil 1413

Har bir yosh davlat himoyasida

Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga biriktirilgan yoshlarning muammosini o‘rganish va hal etish jarayonida ularning ota-onasi yoki o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan ham ish olib borilmoqda. O‘rganish jarayonida har bir yosh davlat himoyasida ekanligi va uning taqdiriga davlat befarq emasligi haqidagi murojaatnoma taqdim etildi.

Zero, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning yetuk shaxs bo‘lib shakllanishi, o‘z iqtidorini namoyon etishi, sifatli ta'lim olishini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta'minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida asosiy ustun - uning oilasi, ota-onasi hisoblanadi.

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda yoshlarga yetarlicha e'tibor bermaslik, ularning noto‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘yishiga, yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu sababli ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar farzandi uchun hech bo‘lmaganda 10 daqiqa vaqtini ajratishi lozim. Farzandidan kunini qanday o‘tkazgani, qiziqishlari va do‘stlari haqida dildan suhbat qurishi ularni yanada yaqinlashtiradi. Farzandga bugun qilingan e'tibor ertangi kunning mevasidir.

Barcha yangiliklar

Text to speech