8 Aprel 2023 Yil 2414

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Ijtimoiy tarmoqlarda, noma'lum shaxslar Yunusobod tumanining “Katta Xasanboy” mahallasi hududida avtomashinada harakatlanib, turli joylarga noma'lum moddalarni yashirayotganligi (“zakladka”) aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur videotasvir, Toshkent shahrida “Dolzarb 15 kun” tezkor-profilaktik tadbiriga jalb qilingan Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘rganildi. Joriy yilning 8 aprel' kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslardan biri 27 yoshli Abdulla Yu. ekanligi aniqlanib ushlandi. U xolislar ishtirokida tekshirilganda yonidan paketlarga qadoqlangan moddalar, ya'ni 17 dona mefedron va 3 dona “spays” sintetik vositalari hamda 1000 so‘mlik kupyuraga o‘ralgan o‘tkir hidli giyohvand moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Ushbu moddalar ekspertizaga taqdim etildi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “Dolzarb 15 kun” tezkor-profilaktik tadbiri davomida Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalarni tarqatish va saqlash bilan bog‘liq 14 ta holat aniqlanib, ularga chek qo‘yildi. Shuningdek, 4 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qolganlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarini tarqatish va saqlashda gumon qilingan 22 nafar shaxs ushlangan.

Bu kabi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech