24 Iyun 2023 Yil 1108

Fuqarolarning murojaatlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining doimiy eʼtibor markazida

Poytaxtimizda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari rahbarlarining sayyor qabullari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, kuni kecha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ularda bosh boshqarmaning masʼul xodimlari, qator tashkilot va muassasalar, hokimliklar vakillari ishtirok etdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqarolarning 68 ta murojaati ko‘rib chiqilib, ularning 32 tasi joyida ijobiy hal etildi. Bir qator murojaatlar bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqish muddatlari belgilandi, murojaat etuvchilarga huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek Sergeli tumanida ham 43 nafar murojaatchi qabul qilindi. Tuman aholisi imtiyozli kredit olish, davolanish uchun tibbiyot muassasalariga joylashtirish, ishga joylashish, moddiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaatlarning yarmidan ko‘pi joyida hal etildi, qolganlari hal etish uchun tegishli davlat organlariga yuborildi.

Bu kabi qabul va uchrashuvlar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech