Fuqarolarning murojaatlari Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining diqqat markazida
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Uchtepa tumanida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda fuqarolardan kelib tushgan 70 dan ortiq murojaat, ariza va shikoyatlar ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida 6 nafar murojaatchiga ko‘tarilgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, 45 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi, masalalarni hal etish muddati belgilandi.
Qabulda “temir”, “yoshlar”, “ayollar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarning muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarga moddiy yordam olish, muddatli harbiy xizmatga haq toʻlash, horijga chiqish biometrik pasporti va shaxsiy ID guvohnomalarini olish, bandligini taʼminlash, salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishga koʻmaklashildi.