13 Iyun 2023 Yil 757

Firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yakkasaroy tumani IIO FMBga 37 yoshli Fozil A. murojaat qilib, tanishi 32 yoshli Mirsaid O. 2022 yilning sentyabr oyida, unga kaustik soda mahsulotini olib berishini vaʼda qilganligini bayon etgan. Biroq Mirsaid Fozilning ishonchini suiisteʼmol qilgan holda undan jami 50.700 AQSH dollarini olib, vaʼdasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech