24 Iyun 2023 Yil 919

Firibgarlik holati yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Yangihayot tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli Boburxo‘ja M. 43 yoshli Azizbek K.ning yukini Andijon shahriga yetkazib berishni vaʼda qilgan. U Bekobod shahrida jami 1 milliard so‘mlik 118.690 kilogramm armaturani yuklagan hamda Toshkent shahriga borib barcha yukni 46 yoshli Maxmur Z.ga 75.000 AQSH dollariga sotib yuborgan. Pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech