O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi 2023/2024 – o‘quv yili uchun quyidagi fanlardan malakali pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qiladi:
Tarix fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlar uchun);
Ingliz tili fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlar uchun);
Nemis tili fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlar uchun);
Informatika va axborot texnologiyalar fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlar uchun);
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlar uchun);
Huquqiy fanlar o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlar uchun);
Ma’naviyat, davlat va huquq nazariyasi va tarixi, tarbiya fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlar uchun).
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
Manzilimiz: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasu-6 dahasi, Avayxon maxallasi, Gyote ko‘chasi, 54.
Mo‘ljal: Toshkent viloyati IIBB YHHB.
Murojaat uchun telefon: +99895-340-47-07
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litsey