10 Iyun 2024 Yil 900

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Ekologik madaniyat: bugun va kelajak” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti vakili Nurillo Muxsimov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, Ekologik madaniyat – bu insonning o‘z va tabiat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatga bo‘lgan ongli istagi, ekotizimlar bilan o‘zaro munosabatlarga qaratilgan qadriyatlar, bilimlar va normalar tizimi ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga ekologiya mavzusiga bag‘ishlangan videorolik hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, bir guruh xodimlarga farzandlari oliy taʼlim muassasasiga kirishi uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech