3 Iyun 2023 Yil 653

Psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar berildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” tezkor-profilaktika chora-tadbirlari doirasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Mirobod tumani IIOFMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 25 yoshli Akmal K. xolislar ishtirokida tekshirilganda ushbu fuqarodan qutiga solingan 180 dona “Tropikamid” preparati topilib, olib qo‘yildi.Shuningdek, Akmal va uning ikki tanishi, 25 yoshli Mardon O. va 29 yoshli Sulton M.lar tonidan ijaraga olingan xonadonda tintuv o‘tkazilganda, 421 dona “Regapen”, 42 shishada kelib chiqishi noma’lum bo’lgan suyuqlik, yashash xonasidagi shkafdan 1 shisha “Rinazolin” va “Naftizin” moddasi qora rangli lenta bilan o‘ralgan holda topilib, olib qo‘yildi. Bundan tashqari, yashash xonasidagi stolda elektron tarozi va o'tkir hidli jigarrang modda mavjud bo'lib, u ham xolislar ishtirokida olib qo'yilgan. Shuningdek, tekshirish chog‘ida uyning ikkinchi qavatida 12 dona gul idishda o‘stirilgan giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ashyoviy dalillar ekspertiza uchun taqdim etildi. Shunday qilib, Toshkent shahar IIBB EKB xodimlari tomonidan suyuqlik solingan flakonlar, “Regapen” kapsulalari va o‘tkir hidli jigarrang modda ekspertizadan o‘tkazildi. Ekspetiza davomida flakonlarda “Tropikamid”, kapsulalarda “Pregabalin” psixotrop moddasi, og‘irligi 1,21 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli xulosa bilan gumonlanuvchilarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun tergov bo‘limiga topshirildi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273, 251-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech