11 Aprel 2023 Yil 1244

Dolzarb 15 kunlik profilaktik tadbirlar doirasida targ‘ibot ishlari

Dolzarb 15 kunlik profilaktik tadbirlar doirasida Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan bir qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Kuni kecha I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti talabalari bilan "Talabalar o‘rtasida psixotrop dori vositalarini iste’mol qilish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati mas’ul xodimlari, ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Universitet profilaktika katta inspektori mayor S.Shamshiddinov, kapitan B.Boboqulovlar tomonidan ishtirokchilarga tarkibida giyohvand modda bo‘lgan vositalarning zarari, keyingi paytda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan giyohvandlik shakllari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi. Shuningdek, soha xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilariga talabalar o‘rtasida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borishdi. Ularga bukletlar tarqatilib, mediafayllar namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech