“Dolzarb 15 kunlik” tezkor-profilaktika tadbiri davomida narkotik moddalarni berkitish bilan shug‘ullanib yurgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini qonunga xilof ravishda muomala qilish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 8-aprel kuni poytaxtimizning Mirobod tumanida “Dolzarb 15 kunlik” profilaktika tadbiri chog‘ida Mirobod tumani IIO FMB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari o‘zini shubhali tutib, besaranjom harakatlari va tez-tez atrofga qarayotgan erkakni payqab qolishadi. 42 yoshli Baxtiyor xolislar ishtirokida tekshirilganda uning yonidan 13 dona yelim xaltachalarga qadoqlangan kelib chiqishi sintetik narkotik moddalar topilib, tegishli tartibda olib qo‘yildi. Gumonlanuvchi eng yaqin Ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.
Baxtiyor bilan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida u telegram messenjerida ish o‘rinlari e’lonini topganini aytadi. Shuningdek, Baxtiyor tomonidan Mirobod va Yashnobod tumanlarining turli joylariga yashirilgan, umumiy og‘irligi 3 grammga yaqin bo‘lgan 12 dona sintetik narkotik moddalar ham topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
Hurmatli fuqarolar, agar siz muqaddam ushbu shaxs o‘zini shubhali tutib, biror narsani yashirayotganligini guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz 71-233-71-47, 71-233-49-46, 71-206-42-54 yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz.