6 Yanvar 2023 Yil 1765

Do‘kondan o‘g‘rilik sodir etganlikda gumon qilingan shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish, huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Yangihayot tumani IIO FMB xodimlarining tezkor harakatlari natijasida do‘kondan o‘g‘rilik sodir etgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi.

Yangihayot tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar kuni taxminan soat 04:00 larda, Sergeli-1 dahasidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida joylashgan do‘kondan o‘g‘rilik sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aniqlanishicha, nomaʼlum shaxs do‘konning panjara va eshigini buzib kirib, jami 15.000.000 so‘mlik uyali telefonlar uchun mo‘ljallangan ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 28 yoshli Vladimir G. aniqlanib, qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech