13 Yanvar 2023 Yil 928

Davlat mukofoti bilan tabriklaymiz!

"O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida "gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan, Mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, professional milliy armiyani shakllantirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun, Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori Sharopov Kaxramon Xodiyevich «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan mukofotlandi.
Yuksak mukofot bilan hamkasbimizni butun shaxsiy tarkib nomidan tabriklaymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech