26 Fevral 2024 Yil 2723

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Yangi O‘zbekiston – inson shaʼni va qadr-qimmati ustuvor mamlakat” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti vakili Isoqtoy Jumanov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, yurtimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish, rag‘batlantirish birlamchi vazifaga aylanganligini, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirib, «Davlat – inson uchun» degan ezgu g‘oya hayotda o‘zining amaliy ifodasini topayotganligini taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Abdurauf Fitrat” nomli videorolik hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech