17 Aprel 2024 Yil 995

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Davlat dasturi – mamlakat taraqqiyoti kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot Universitetining Toshkent shahridagi filiali prorektori professor Shuhrat G‘oibnazarov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, mazkur davlat dasturida nazarda tutilgan maqsadlarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi Yangi O‘zbekistonning har bir fuqarosi bugungi hayotidan mamnun bo‘lib, yurt taraqqiyoti va rivojiga o‘zida daxldorlik hissini tuyib yashashiga xizmat qilishini, islohotlar har birimizning amaliy ishimizga aylanishi kerakligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi hamda Isoqxon To‘ra Ibratning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech