13 Iyun 2024 Yil 1214

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yosh xodimlari o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish, iqtidor va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kibersport» (Counter-Strike) bo‘yicha chempionatining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Kibersport – bu virtual makondagi musobaqalar bo‘lib, u yerda o‘yin boshqaruv obyektlarining o‘zaro taʼsirini ifodalaydi, insonlar yoki jamoalar o‘rtasida qarshi raqobat uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi. Shu bois mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh xodimlar o‘rtasida kibersportni ommalashtirishdan iborat. Musobaqada jami 16 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa hayajonli daqiqalarga boy bo‘ldi.

Keskin va murosasiz kurashlarga boy turnirda Yashnobod tumani IIO FMB jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ular chempionatning respublika bosqichiga ham yo‘llanma oldi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech