26 Iyul 2023 Yil 829

Chilonzor tumanida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Probatsiya hisobida turgan shaxslarni ishga joylashtirishda soha vakillari bevosita ko‘mak ko‘rsatib keladi.

Jumladan, Chilonzor tumanida Toshkent shahar IIBB Probatsiya boshqarmasi va Chilonzor tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan “Ishga marhamat” shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. 183-umumta'lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda 9 ta korxona va tashkilot tomonidan 60 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Tadbirda probasiya hisobida turgan 45 nafardan ortiq ishsiz shaxslar hamda «temir», «ayollar», «yoshlar» daftarlariga kiritilgan fuqarolar ishtirok etdi. Yarmarka davomida 18 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Yarmarkada fuqarolar mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar olish imkoniga ega bo‘ldi. Bu kabi tadbirlar barcha tumanlarda davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech