Chilonzor tumanida mahalla yoshlari o‘rtasida Ichki Ishlar vaziri kubogining tuman bosqichi o‘tkazildi
Musobaqani tuman IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Alisher Muradullaev ochib berdi. O‘z nutqida A.Muradullaev, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sportni yanada rivojlantirishga davlatimiz tomonidan katta e'tibor qaratilayotganligini alohida ta'kidladi.
Qizg‘in va murosaasiz o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra,
1-o‘rinni "Katta Olmazor" mahallasi, 2-o‘rinni "Beshyog‘och" mahallasi, 3-o‘rinni «Fidokor» mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan takdirlandi.
1-o‘rinni egallagan jamoaga musobaqaning shahar bosqichida qatnashish uchun yo‘llanma berildi.