24 Iyun 2023 Yil 804

Chilonzor tumani IIOFMB xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektorlarining Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasidagi faoliyati to‘g‘risida

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi kunida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.

Shu kuni tuman IIOFMB xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan manfaatdor bo‘limlar ishtirokida “Chilonzor buyum bozori”, “Bek baraka”, “Abu Saxiy” kabi yirik bozorlarda profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Tashrif buyuruvchilar va xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolardan o‘z buyumlariga extiyotkorona munosabatda bo‘lish, sumkalar, uyali telefonlarni nazorat qilish, avtomashinada kalit, qimmatbaho buyumlar va pullarni qoldirmaslikka chaqirdi. Ular notanishlarning va’dalariga ishonmaslik, hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga chaqiruvchi turli flayer va  eslatmalarni tarqatishdi.

Bundan tashqari, profilaktika kuni doirasida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan hudud bo‘ylab uyma-uy yurib, mahallalar aholisi bilan uchrashdi. Ular orasida xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech