26 Iyun 2023 Yil 697

Bektemir tumanida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Jinoyatchilikning “mahallabay” muhokamasi Toshkent shahar 12 ta tuman IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan doimiy ravishda joylarda o‘tkazib kelinmoqda. Kuni kecha Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i boshchiligidagi profilaktika bo‘limi mas'ul xodimlari, tuman sektor rahbarlari hamda mahalla mas'ullari ishtirokida Bektemir sanoat kichik zonasida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada tumandagi Qo‘yliq dehqon bozorida ikki tadbirkor sotruvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan tan jarohat yetkazish bilan bog‘liq jinoyatning kelib chiqish sabablari, unga omil bo‘lgan shart-sharoitlar tahlil qilindi. Muhokamada ishtirok etgan tuman IIO FMB profilaktika inspektorlari, yoshlar masalalari bo‘yicha inspektorlar shu kabi jinoyatlarning oldini olishda “xonadonbay”, “fuqarobay” usulda ish olib borish, oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish kerakligini ta'kidladilar. Kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida so‘z yuritildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech