14 Aprel 2023 Yil 667

Bektemir tumanida “Payshanba profilaktika kuni” doirasida qator tadbirlar amalga oshirildi

Jumladan, Bektemir tuman IIOFMB va tuman prokuraturasining soha mutasaddilari va mahalla raisi ishtirokida Abay mahallasi fuqarolari uchun xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Avtoulovlarda o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olish maqsadida, avtoulov haydovchilarga shu mazmundagi bukletlar tarqatilib, targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan birgalikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning holidan xabar olindi. Tadbirkorlar bilan suhbatlar o’tkazildi va muammolari o‘rganildi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech