21 May 2023 Yil 480

Bektemir tumanida “Ma'naviyat oyligi” ga mahalla yoshlari jalb qilinmoqda

“Ma'naviyat oyligi” doirasida Bektemir tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi yoshlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli xil badiiy uchrashuvlar va sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, kuni kecha tumanda joylashgan 289-sonli o‘rta maktabda xalq shoiri Ravshan Isaqov bilan “She'riyat kechasi” tashkil etildi. Shoir o‘z hayot yo‘li, ijod mashaqqatlari haqida so‘z san'atiga oshno o‘quvchilarga so‘zlab berdi va o‘z qalamiga mansub she'rlardan namunalar o‘qidi.

Shuningdek, tuman IIO FMB xodimlari tomonidan workout bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, aholi o‘rtasida sportni targ‘ib qilish maqsadida tuman hududidagi 5 ta mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinni “Bektemir” mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi, 2-o‘rinni “Musaffo” va 3-o‘rinni “Soxil” mahallasi yoshlari egallashdi. G‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech