5 Mart 2024 Yil 1365

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Ayollarning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, yurtimizda xotin-qizlar hamisha davlat eʼtiborida, eʼzozu ardog‘ida ekanligini, ayol o‘zini baxtli his qilsa, jamiyat baxtli bo‘lishini, oilada maʼnaviy muhit barqarorligi taʼminlanishini taʼkidlab o‘tdi. Navbatdagi maʼruza “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Behzod Tillaxodjayev yoritib berdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech