2 Mart 2023 Yil 1042

Ayol – mehr-sadoqat va taraqqiyot timsoli

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-28 fevral kunlari Ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib boruvchi ayol xodimalar o‘rtasida “Ayol – mehr-sadoqat va taraqqiyot timsoli” shiori ostida xotin-qizlar II Respublika forumi o‘tkazildi. Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan mazkur forumda qatnashgan jami 18 jamoa orasida Toshkent shahar IIBB jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Forum doirasida o‘tkazilgan “Fidoyi ayol xodima”, “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini va “Shaxmat” sport musobaqalari qizg‘in va murosasiz bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB jamoasi vakillaridan: Davolash profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi xodimi Dilafruz Sharapova shaxmat sport musobaqasida 2-o‘rinni, Yunusobod tumani IIO FMB yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Baxtigul Amanova “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik tanlovida 2-o‘rinni egalladi.

Musobaqada munosib ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagan jamoamizni Toshkent shahar IIBB nomidan tabriklaymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech