18 Iyun 2023 Yil 773

Avtomobil g‘ildiraklarini o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan shaxslar ushlandi

Sergeli tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 11 iyun kuni tunda 2 nafar nomaʼlum shaxs “Сobalt” rusumli avtomashinaning 4 dona g‘ildiragini yechib, voqea joyidan yashiringan. Avtomashina egasi 25 yoshli Mardonbek M. o‘g‘rilik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qilib, unga jami 6.500.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazganligini maʼlum qilgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 21 yoshli Jahongir va Sardorbeklar aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech