2 Mart 2023 Yil 1723

Avtolizing niqobi ostida firibgarlik sodir etgan shaxs qonun oldida javob beradi

1994 yilda tug‘ilgan Umid Pattaxov “Umid auto lizing”, “Umid Lizing Tashkent” va “Umid avto Tashkent” nomlari ostida masʼuliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etib, bir nechta fuqarolarga nisbatan firibgarlik sodir etgan. U.Pattaxov ushbu jamiyatlar orqali 2019-2021 yillar davomida fuqarolardan turli miqdordagi pul mablag‘larini boshlang‘ich yoki ijara to‘lovi sifatida qabul qilib, kelishilgan muddatda avtotransport vositalarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Biroq bergan vaʼdasini bajarmasdan, shartnomalarda ko‘rsatilgan muddatlarda avtomashinalarni yetkazib bermasdan, turli bahonalar qilib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan U.Pattaxovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq U.Pattaxov tergov organlaridan qochib yashiringanligi sababli, unga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tanlanib, qidiruv eʼlon qilingan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov muddati o‘tib borayotganligi sababli, jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan vaqtincha harakatdan to‘xtatilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech