24 May 2023 Yil 798

Avtobus ehtiyot qismini o‘g‘irlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, nomaʼlum shaxs avtobus parkining devoridan oshib o‘tib, u yerda turgan “MAN” rusumli avtobusning 25.000.000 so‘mlik taxografini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 44 yoshli Azizjon M. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech