9 Fevral 2023 Yil 1820

Aholiga qulayliklar yaratilmoqda

Toshkent shahridagi Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarni oldini olish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida, shuningdek Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurish hamda yo‘l-taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan, 2023 yilning 10 fevral kunidan boshlab, Qo‘yliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi 39, 45, 110, 122, 130-sonli avtobus yo‘nalishlari va 8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M-sonli yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarining harakati “Food sity” savdo majmuasi avtoshoxbekatigacha uzaytiriladi. Ushbu majmuadagi avtoturargohga kirish va chiqish bepul bo‘lib, haydovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
 
Bundan tashqari, “Food sity” savdo majmuasi maʼmuriyati tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, “Food sity” savdo majmuasi – Qo‘yliq 7-metro bekati” yo‘nalishida harakatlanuvchi, 6 ta jadval asosida bepul avtobus yo‘nalishi harakati yo‘lga qo‘yilgan.
 

Barcha yangiliklar

Text to speech