Aholi muammosini o‘rganish va hal etishga barcha toifadagi rahbarlar masʼul
Aholining murojaatlarini tinglash, muammollarini o‘rganish va hal etish bugunning asosiy talabidir. Shu maqsadda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatovning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida o‘tgan qabulda 37 nafar fuqaro turli masalalari bo‘yicha murojaatlari o‘rganilib, 15 nafarining muammosi joyida hal etildi. Xususan, moddiy va ijtimoiy yordam, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar, oliy taʼlim shartnomasi pulini to‘lash, muddatli harbiy xizmatga yo‘llanma olish, ishga joylashish kabi murojaatlar o‘rganildi. 12 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi, 10 nafar fuqaroning murojaatini hal etish masʼullarga yuklatilib, hal etish uchun muddat berildi. Shuningdek, hudud aholisi va yoshlar ishtirokida tashkil etilgan muloqot davomida 16 yoshga to‘lgan Proskuryakov Nikitaga ID kartasi tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi uchrashuv va muloqotlarning tashkil etilishi tuman ahlining turmush sharoitlarini yaxshilashga hamda davlatdan rozi bo‘lib yashash hissini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.