10 Mart 2023 Yil 540

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Bayram tadbirida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati, boshqarma, bo’lim va bo’linmalar boshliqlari, barcha tuman IIOFMBning shaxsiy tarkibi hamda rahbariyati, ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning yaqinlari, Ichki ishlar vazirligining 1-son akademik litseyi o‘qituvchi va o’quvchilari ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Aziz Toshpulatov ochib, barcha yig‘ilgan ayollarni bayram bilan tabrikladi. “Ayol bo'lishiga qaramay, safdagi erkaklar bilan bir qatorda, murakkab vazifalarni bajarmoqdalar, ayni paytda ularning ko'pchiligi rahbarlik lavozimlarini egallab turibdi” deya fikr bildirib o’tdi.

Tadbir davomida o‘z ishida yuqori natijalarga erishgan xodimlarga mukofot va unvonlar topshirildi. Ichki ishlar organlarida kop yillar faoliyat olib borgan faxriy ayollar, xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari ham e’tibordan chetda qolishmadi hamda ularga ham sovg‘alar topshirildi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan “Nihol” guruhining konsert dasturi bilan chiqishlari esa yoqimli sovg’a bo‘ldi.

Barcha yangiliklar

Text to speech