63-Xalqaro gullar festivali: Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari ham faol
O‘tgan yakshanba kuni Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi. Bu yil unda 40 dan ortiq davlat – Hindiston, Xitoy, Niderlandiya, Turkiya, Ozarbayjon, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirda yetti millionga yaqin kishi qatnashishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan mehmonlar va sayyohlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Respublika IIV xavfsiz turizmni taʼminlash bo‘limlari xodimlari bilan bir qatorda Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham jalb qilingan. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, tadbir o‘tkazilayotgan hududda tartibni saqlash, kelayotgan mehmonlar va sayyohlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar IIBB xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Taʼkidlash joizki, festival davomida xodimlar xorijlik mehmonlar va sayyohlarga kerakli obyektni topishda yoki kerakli marshrutga chiqishda yordam ko‘rsatib kelmoqda.