30 May 2024 Yil 2637

30 may kuni Toshkent bo‘ylab birinchi marotaba sutkalik piyoda yurishga start beriladi

XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasi doirasida loyihaning targ‘ibot elchisi, triatlonchi Shavkat Musinov piyodalar uchun xavfsiz muhitga diqqat-eʼtiborni jalb qilish maqsadida Toshkent shahri bo‘ylab 100 km masofani piyoda bosib o‘tadi. Yo‘nalish Toshkent shahrining barcha tumanlarini qamrab oladi, sportchi uni «skandinavcha (shimoliy) yurish» uslubida bosib o‘tadi.


Yo‘nalish davomida Shavkat Musinov XAVFSIZ HARAKAT loyihasi jamoasi va Toshkent shahri IIBB bilan birgalikda poytaxtimiz aholisi uchun tashkillashtirilgan qulayliklarni hamda piyodalar har kuni to‘qnash keladigan muammolarni ham qayd etib boradi.


Shuningdek tadbirda Toshkent aholisi ham ishtirok etishi — yo‘lning har qanday bir bo‘lagini birga bosib o‘tish uchun sportchiga qo‘shilishi yoki o‘z izoh va sharhlarini https://t.me/xavfsiz_harakat telegram kanaliga yuborishi mumkin.


Yuz kilometrlik yurish yakunlariga ko‘ra Toshkent shahri hokimligi va Toshkent shahri IIBB bilan birga shahar muhitini yaxshilashga doir yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.


Yo‘nalish navigatsiyasini GPS-navigatsiya texnikasi va Garmin aqlli soatlarning ishlab chiqaruvchisi taʼminlaydi.


Tibbiy chek-aplar va yo‘nalish davomida sportchiga tibbiy maslahatlar berish Hayat tibbiyot markazi tomonidan amalga oshiriladi.


Tadbir Vazari marketing agentligi tomonidan kompleks tarzda tashkil etiladi.


Jurnalistlarni yo‘nalish davomida matbuot uchun tashkillashtiriladigan quyidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilamiz:


30 may soat 18:00 da — yo‘nalishga start beriladi:


- tibbiy chek-ap


- brifing — XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasining targ‘ibot elchisi, triatlonchi Shavkat Musinov va XAVFSIZ HARAKAT loyihasining spikeri Veronika Komarova


lokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/k7byT84C5DBuD3Nz6


31 may soat 01:00 da — tungi tibbiy chek-ap


lokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/aV87xVknBSbKwDCe6


31 may soat 09:30 — tonggi tibbiy chek-ap va navigatsiya uskunasini tekshirish,


lokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/HT2WcXzXnQE3334S7


31 may soat 16:30 da — final bosqichi,


lokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/Hh6XxRbsQRjBfYcX7


Yakunlovchi 4 km lik masofani XAVFSIZ HARAKAT loyihasining targ‘ibot elchisi, triatlonchi Shavkat Musinov «skandinavcha (shimoliy) yurish» uslubining havaskor sportchilari bilan birgalikda bosib o‘tadi.


31 may soat 18:00 da — finish marshrutning yakunlovchi marrasi:


- tibbiy chek-ap


- yakuniy brifing — XAVFSIZ HARAKAT loyihasining targ‘ibot elchisi, triatlonchi Shavkat Musinov va XAVFSIZ HARAKAT loyihasining spikeri Veronika Komarova, Gross sug‘urta kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxodir Narmetov, Toshkent shahar IIBB vakillari.


lokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/k7byT84C5DBuD3Nz6


XAVFSIZ HARAKAT loyihasi bilan Toshkent bo‘ylab 100 km marshrutini https://t.me/xavfsiz_harakat TG-kanalida kuzatib boring.

Barcha yangiliklar

Text to speech