26 Mart 2024 Yil 948

Toshkent shahar IIBB 3-sektorining yoshlar bilan olib borayotgan ishlari natijalari haqida

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar IIBB va tumanlar IIO FMB rahbarlariga 3-sektorda yashayotgan yoshlar biriktirilgan. Har bir tumanda yoshlar xatlovdan o‘tkazilib, qanday muammolar borligi aniqlandi, endilikda masʼullar tomonidan ularning muammolari hal etiladi.

Jumladan, Yunusobod tumanida yoshlar muammosini o‘rganish davomida oliy o‘quv yurtining ikki nafar talabasi shartnoma pulini to‘lashda qiynalayotgani maʼlum bo‘ldi. Mazkur masala ijobiy hal etilib “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori hamda “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan 21 yoshli Saidaxmad Irgashevga va 20 yoshli Xatira Maksudjanovalarga o‘qish kontrakti to‘lab berildi. Bu kabi manzilli ishlar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech