25 Oktyabr 2025 Yil 313

“25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining bayram tabrigi

Qadrli hamkasblar, muhtaram faxriylar!

Sizlarni, 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni, munosabati bilan tabriklayman.

Jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, tinchlik va xavfsizlikni muhofaza qilish yo‘lidagi xizmatingiz eng oliy ehtiromga sazovordir. Zero, yurtimiz osoyishtaligini saqlash, xalqimiz farovonligini taʼminlashda IIO xodimlarining o‘rni beqiyos. Sizlarning fidoyilik, matonat va jonkuyarlik bilan bajarayotgan xizmatingiz tufayli fuqarolarimiz tinch hayot kechirmoqda, yurtimizda osoyishtalik hukm surmoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari, Sizlar poytaxt hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini olishda tunu kun xizmat qilmoqdasizlar. Fidoyiligingiz, matonatingiz va shijoatingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. Xizmatingiz doimo sharafli bo‘lsin, qalbingizda faxr va yurtga muhabbat porlab tursin.

Poytaxt Ichki ishlar organlarining barcha xodimlari – ofitserlar, serjant va safdorlarni, xizmatchilarni, qadrli faxriylarimizni, shuningdek, o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan hamkasblarimizning oila aʼzolarini bayram bilan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik, xotirjamlik, farovonlik tilayman. Yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz tinchligi va farovonligini taʼminlash yo‘lida olib borayotgan sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda omad hamisha yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i
polkovnik Ravshan Sultanxodjayev

Barcha yangiliklar

Text to speech